Telegram Group Search
#hashar312
📝Ro'yhatga yozilish uchun murojaat qiling:
Yigitlar🧔🏻‍♂️:
@Obodmasjid_admln
Qizlar🧕🏻:
@obodmasjidqizlar

Alloh roziligi yo’lida siz ham safimizga qo’shiling!

Telegram I Instagram I
"Masjidul-Xayr" Jome masjidiga quyidagi jamoat transportlari orqali borishingiz mumkin:

Ⓜ️Eng yaqin metro bekati "Turkiston"(masjidgacha masofa 2.2km )

📍"Tutzor" avtobus bekati (masjidgacha masofa 250m) №129, №149, №71, №96, №520.
⚠️Assalamu alaykum va rohmatulloh!
Azizlar salomatmisz? O'qishlar tugab yakuniga yetayotganu sababli, hasharimizda aktivlik juda ham kamaygan. To'g'risini aytsak, hasharlarimizga keladigan birodarlarning ko'pchiligi viloyatlik bo'lib, o'qish tugagani uchun hasharchilar soni ham kamaydi. Payshanba kuni bo'lib o'tgan hasharimizga ham faqatgina 2kishi keldi. Ertangi hasharimiz uchun ham 3kishi yozildi. Yigitlardan esa hech kim yozilmadi. Shu sababli payshanba kuni faqatgina qizlar uchun bo'layotgan hasharimizni hozirchalik to'htatib turamiz, endilikda faqat yakshanba kunidagi hasharlarimiz bo'ladi. Iltimos qilib qolamiz himmatli bo'lib, hasharlarimizga birodarlaringiz bilan kelib hasharda ishtirok etishingizni so'raymiz. Kela olmasangiz dalolat qilib, haftada 1 marotaba vaqtingizni unumli, oxiratingiz uchun savobli amallar yoziladigan foydali ish bilan shug'ullanishingizni so'rab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xasharga keluvchilarga eslatma:❗️❗️
1. Niyatlarni holis qilib, Allohning rizoligini istab🕌
2. Satrlangan, pok va tahorat olingan holda kelish🧕🏻
3. Dunyoviy gap so'zlardan yiroq bo'lish
📵
4. Hayz va Junub holatda bo'lmaslik.🌹
5. Masjid mulkidan foydalanish odoblari.
Eshiting!
6. Masjidga kirayotkanda Rosululloh Solloluhu Alayhi Vassallamga salom aytib ushbu duoni o'qish 👇🏻
"Allohummaftah liy abvaaba rohmatik" (Manosi ; Ey Robbim , bizga rahmat eshiklaringni ochgin) Deb o'ng oyoq bilan kirish
Chiqganda esa👇🏻
" Allohuma inniy asaluka min fadlik"(Manosi ; Allohim, Sendan fazlingni so'rayman) Deb chap oyoq bilan chiqish
😇

Barchangizni ertangi hasharda kutib qolamiza!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rosululloh solallohu alayhi vasallamning oilalari.

Otalari: Abdulloh ibn Abdulmuttolib Payg‘ambarimiz alayhissalom tug‘ilmaslaridan oldin olamdan o‘tganlar.

Onalari: Omina binti Vahb Payg‘ambarimiz alayhissalomning 6 yoshliklarida vafot qilganlar.

Bobolari: Abdulmuttolib ibn Hoshim Payg‘ambarimiz alayhissalom 8 yoshliklarida dunyodan o‘tgan.

Amakilari: Rosululloh solallohu alayhi vasallamning 9 ta amakilari bo‘lgan. Ularining ismlari: Horis, Zubayr, Hamza, Ziror, Abu Tolib (Abdumanof), Abu Lahab (Abduluzzo), Abdulka’ba, Mug‘iyra va Navfal.

Ammalari: Umayma, Baro, Ummu Hakiym, Safiya, Arvo, Otika.

Ayollari: Xadiyja bintu Huvaylid, Savda bintu Zam’a, Oisha bintu Abu Bakr, Hafsa bintu Umar, Zaynab bintu Huzayma, Ummu Salama (Hind bintu Abu Umayya), Zaynab bintu Jahsh, Maymuna bintu Horis, Juvayriya bintu Horis, Ummu Habiba (Ramla bintu Abu Sufyon), Moriya bintu Sham’un, Sofiya bintu Huyay.

Farzandlari: Rosululloh solallohu alayhi vasallamning barcha farzandlari Xadiyja onamizdan dunyoga kelganlar.

O‘g‘illari: Rosululloh solallohu alayhi vasallamning uchta o‘g‘illari bo‘lgan ammo ular yoshliklarida vafot qilganlar. Ular: Qosim, Abdulloh, Ibrohim.

Qizlari: Zaynab, Fotima, Ruqayya, Ummu Kulsum rodiyalloh anholar.

Kuyovlari: Abul Oss ibn Robi’ rodiyallohu anhu – Zaynab bintu Muhammad alayhissalomning turmush o‘rtoqlari.

Ali ibn Abu Tolib rodiyallohu anhu – Fotima bintu Muhammad alayhissalomning turmush o‘rtoqlari.

Usmon ibn Affon rodiyallohu anhu – avval Rosululloh solallohu alayhi vasallamning Ruqayya ismli qizlariga uylanadilar, bir qancha vaqt o‘tib Ruqayya rodiyallohu anho vafot etganlaridan so‘ng Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning kenja qizlari Ummu Kulsum rodiyallohu anhoga uylanadilar. Shu sababli Usmon rodiyallohu anhu "Zinnuroyn" - ikki nur sohibi degan nom bilan sharaflanganlar.

Nabiralari: Abul Oss ibn Robi’ va Zaynab bintu Muhammad alayhissalomning farzandlari: Ali, Umoma.

Ali ibn Abu Tolib va Fotima bintu Muhammad alayhissalomning farzandlari: Hasan, Husayn, Muxassin, Zaynab, Ummu Kulsum.

Usmon ibn Affon va Ruqayya ibn Muhammad alayhissalomning farzandlari: Abdulloh.

Imom Termiziy "Shamoili Muhammadiya" kitobidan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hashar312 02.06.2024.
"Masjidul Xayr" Jome Masjidi.


Mo‘min odam Allohning uylarini obod qilishga, unga infoq qilib, moddiy obodligini ziyoda qilishga, unda namoz o‘qib, ma'naviy obodligini ziyoda qilishga urinar va qalbi doim masjidlarga bog‘liq bo‘lar ekan.

Alloh taolo bizlarni va qiyomatgacha bizni ibodatida qoim va masjidlarni obod qiladigan bandalaridan qilsin.

1️⃣ Telegram 3️⃣ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hashar313
🗒Ro'yhatga yozilish uchun murojaat qiling:
Yigitlar🧔🏻‍♂️: @Obodmasjid_admln
Qizlar🧕🏻: @obodmasjidqizlar

Dam olish kuningizni savobga boy amallar bilan o’tkazing!

Telegram I Instagram I
📍"Katta Qo'zirobod" Jome Masjidi🕌

"Katta Qo'zirobod" Jome masjidiga quyidagi jamoat transportlari orqali borishingiz mumkin:

Ⓜ️Eng yaqin metro bekati
"Mirzo Ulug'bek" (masjidgacha masofa 900 m).

🚏"Qo'zirobod mahallasi" avtobus bekati (masjidgacha masofa 200 m): №18, №29m, №67m, №77, №80, №103, №135, №2, №33, №75, №84, №94, №98.
https://www.instagram.com/reel/C761pF5tIux/?igsh=MXN1ZDdwYXRlNXVvcA==

Instagram sahifamizga yangi video joyladik, kirib ko’rib o’z fikringizni bildirib va do’stlaringizga ulashishingizni so’rab qolamiz☺️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xasharga keluvchilarga eslatma:❗️❗️
1. Niyatlarni holis qilib, Allohning rizoligini istab🕌
2. Satrlangan, pok va tahorat olingan holda kelish🧕🏻
3. Dunyoviy gap so'zlardan yiroq bo'lish
📵
4. Hayz va Junub holatda bo'lmaslik.🌹
5. Masjid mulkidan foydalanish odoblari.
Eshiting! 🔊
6. Masjidga kirayotkanda Rosululloh Solloluhu Alayhi Vassallamga salom aytib ushbu duoni o'qish 👇🏻
"Allohummaftah liy abvaaba rohmatik" (Manosi ; Ey Robbim , bizga rahmat eshiklaringni ochgin) Deb o'ng oyoq bilan kirish
Chiqganda esa👇🏻
" Allohuma inniy asaluka min fadlik"(Manosi ; Allohim, Sendan fazlingni so'rayman) Deb chap oyoq bilan chiqish
😇

Zulhijja oyining 10kunligida ajr savoblar uchun yetti yuz barobar ko'paytirib beriladigan kunlarda Barchangizni ertangi hasharda kutib qolamiza!
2024/06/08 20:02:05
Back to Top
HTML Embed Code: